Turkiya aytganida sobit: Rasmiy Anqara Rossiya anneksiyasiga munosabat bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rasmiy Anqara Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatini anneksiya qilganini tan olmaydi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytildi.

“Turkiya 2014 yilda o‘tkazilgan noqonuniy referendumda Rossiyaning Qrimni anneksiya qilganini tan olmagan va har safar Ukrainaning hududiy yaxlitligi, mustaqilligi va suverenitetini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

2014 yilda qabul qilingan ushbu pozitsiyaga muvofiq, biz Rossiya Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarini anneksiya qilish haqidagi qarorini rad etamiz”, deyiladi TIV bayonotida.

Turkiya tomoniga ko‘ra, xalqaro huquqning belgilangan tamoyillarini qo‘pol ravishda buzadigan bu qaror qabul qilinishi mumkin emas.

“Biz yana bir bor kuchayib borayotgan bu urushning adolatli va muzokaralar yo‘li bilan tinchlik asosida hal etilishi tarafdorimiz”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.

Putinning bu qarorini NATO, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Isroil, Janubiy Koreya, Moldova va boshqa davlatlar qoralab chiqdi. AQSH, Kanada va Britaniya esa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishga ham ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing