Turkiya AQSHning ham qirg‘inlar bo‘yicha “farishta emasligini” eslatib qo‘ydi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jozef Bayden tomonidan Usmonlilar imperiyasi davridagi “arman genotsidi”ning tan olinishiga javoban Turkiyaning “Clash Report” nashri 1800 yillar boshida Vashington tomonidan odamlarning ommaviy qirg‘in qilinganini esladi. Ma’lumot nashrning Twitter sahifasida e’lon qilingan.

Unda boshlanishiga Amerikaning tub aholisini muhojirlar tomonidan qirg‘in qilinishi eslangan. Keyinchalik Vashingtonga XIX asrning boshlarida qora tanlilar va XIX-XX asrlar boshlaridagi urush paytida filippinliklar yo‘q qilingani eslatilgan.

Nashrda qayd etilishicha, 1945 yilda AQSH Xirosima va Nagasakiga atom bombasini tashlagan, so‘ngra Koreya urushida to‘rt million odamni o‘ldirgan. Shuningdek, xabarda Eron va Gvatemalaga berilgan zarba, Panamaga bostirib kirish, Vetnam va Afg‘oniston urushlari, Suriya urushi va boshqa ko‘plab harbiy mojarolar yodga olingan.

Umuman olganda, Turkiya ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 300 yil davomida qariyb 1,2 milliard kishi AQSH tajovuzining qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden XX asr boshida Usmonli imperiyasida yuz bergan xunrezlikni arman genotsidi deb tan olgandi. 

Keyinroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li rasmiy Anqara bu bayonotni rad etishini ma’lum qildi. Amerikaning Turkiyadagi elchisi TIVga chaqirtirilib, unga norozilik bildirildi. 

Shuningdek, AQSHning Turkiyadagi elixona va konsulxonasi ehtimoliy noroziliklar sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

461

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing