Turkiya AQSH va YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilmaydi – Chavusho‘g‘li
Olam
−
08 may 2023
8376Turkiya AQSH va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi bir tomonlama sanksiyalariga qo‘shilmaydi. Bu haqda bugun, 8 may kuni respublika Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li “Lider Haber” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz AQSH va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi joriy qilgan bir tomonlama sanksiyalariga qo‘shilmaymiz. Biz o‘z manfaatimiz va farovonligimizdan kelib chiqamiz. Shu bilan birga Montryo konvensiyasi qoidalarining bajarilishini diqqat bilan kuzatib boramiz”, deydi Turkiya Tashqi ishlar vaziri.
Shuningdek, Chavusho‘g‘li Turkiya prezidentligiga Millat Ittifoqidan ko‘rsatilgan nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘lini tanqid qilgan. Gap shundaki, Qilichdoro‘g‘li BBC’ga bergan intervyusida agar u hokimiyatga kelsa, Kreml bilan emas, balki G‘arb bilan aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishini aytgan.
“Xo‘sh, esingizdami, mitinglardan birida u butunlay boshqacha gaplar aytgandi. U Turkiya va Rossiya munosabatlariga hech narsa tahdid solmasligini ta’kidlagandi. Uning bayonotlarida bir-biriga zid”, deya qo‘shimcha qilgan Chavusho‘g‘li.
LiveBarchasi