Turkiya AQSH uchun yangi muammolar tayyorlamoqda – “Bloomberg”
Olam
−
22 iyun 2022 17468 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiya bilan qarama-qarshilikka tayyorlanishi kerak, chunki Anqara Vashingtonga muammo tug‘dirishi mumkin. Bu haqda Amerikaning “Bloomberg” nashri jurnalisti Bobbi Gosh yozmoqda.
Muallifga ko‘ra, Turkiyaning AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari yaqin oylarda yomonlashishi kutilmoqda, chunki Anqara og‘ir iqtisodiy ahvolda, Erdo‘g‘an esa aybdorni topishi kerak bo‘ladi.
“U (Erdo‘g‘an – tahr.) allaqachon AQSH va Yevropaga qarshi ritorikasini kuchaytira boshlagan. O‘tgan hafta turk yoshlari bilan puxta rejalashtirilgan uchrashuvda u G‘arbni yolg‘onchi va ishonchsiz deb qoraladi. Inflyatsiya va valyuta qadrsizlanishining ikki baravar yuki ostida qolgan turklar aybni Prezidentiga emas, balki AQSH va Yevropa to‘nkarishga majbur bo‘ladi”, deb yozadi Bobbi Gosh.
Muallif Turkiya allaqachon NATO bilan qarama-qarshilik yo‘liga o‘tganini aytib, Erdo‘g‘anning Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishiga qarshi chiqqanini eslatib o‘tgan. Unga ko‘ra, bu Turkiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yomonlashishiga olib keladi.
“Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Erdo‘g‘anning qarshiliklariga tayyorlanishi kerak”, deya xulosa qilan jurnalist.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28