Turkiya harbiylarining Iroq va Suriyada qolish muddati uzaytirildi

Olam

image

Turkiya parlamenti kecha, 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Iroq va Suriyada turk Qurolli Kuchlaridan foydalanish uchun ruxsatnomani ikki yilga uzaytirdi.  

Parlament qaroriga ko‘ra, Turkiya Qurolli Kuchlarining Iroq va Suriyada qo‘llanilishi bo‘yicha mandat 2023 yilning oktyabrigacha uzaytirilgan. Bu qarorni Turkiyada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari qo‘llab-quvvatlagan. Biroq Millatchi partiyasi, Jumhuriyat Xalq partiyasi va Xalq demokratiyasi partiyasi bunga qarshi bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya parlamenti 2014 yil oktyabr oyida ilk bor Suriya va Iroqda milliy Qurolli Kuchlardan foydalanishga ruxsat bergan. Mandat bir yil muddatga amal qilgan, shundan so‘ng parlamentning 2015-2020 yillardagi qarorlari bilan yana bir yilga uzaytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya Iroq

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing