Turkiy tilli davlatlar Istanbulda afg‘on inqirozini muhokama qiladi
Olam
−
27 Sentabr 2021
3371Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga (Turkiy Kengash) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida xavfsizlik masalalari hamda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili ma’lum qildi.
“2021 yil 27-28 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tuzish to‘g‘risidagi bitim 2009 yil 3 oktyabrda imzolangan. Hozirgi vaqtda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiya ushbu kengashning a’zolari hisoblanadi. Vengriya esa kengashda kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilotning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi.
LiveBarchasi