Turkiy davlatlar tashkiloti harbiy tuzilmaga aylanishi mumkinmi?

Olam

image

Turkiy davlatlar tashkiloti kelgusida NATO va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti kabi harbiy tuzilmaga aylanishi mumkinmi? Ushbu savol Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amriyevning Qozog‘istonning “Exclusive” nashriga bergan intervyusida ko‘tarildi. 

Amriyevga ko‘ra, Turkiy davlatlar hamkorlik tashkiloti Turkiyaning NATOdagi, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning KXSHTdagi ishtiroki tufayli ham hamkorlikning harbiy jihatlarini o‘z ichiga olmaydi. 

“A’zo davlatlarimiz Turkiy davlatlar tashkilotini harbiy tuzilmaga aylantirish niyatida emas va bunga ob’ektiv zarurat ko‘rmayapti”, deydi Bosh kotib.

Uning qayd etishicha, joriy yilning noyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda a’zo davlatlar “Turkiy dunyo nigohi – 2040” konseptual hujjatini qabul qilgan va ushbu hujjatga ham Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida harbiy hamkorlik masalasi kiritilmagan.

Amriyev, shuningdek, davlatlar tashkilot doirasidan tashqarida o‘zaro harbiy hamkorlikni amalga oshirishi mumkin. 

“Shu bilan birga, ikki tomonlama formatda bunday hamkorlik istisno qilinmagan. Bu davlatlarning o‘z suveren huquqidir. Ikki tomonlama darajada turli davlatlar va turkiy davlatlar bilan harbiy mashg‘ulotlar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bilishimcha, ba’zi turkiy davlatlar NATO bilan ham u yoki bu shakldagi hamkorlikka ega”, deydi Amriyev.

KXSHT qanday tashkilot?

KXSHTning vazifasi qo‘shin va yordamchi bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng ko‘lamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Biroq, KXSHT yagona harbiy-siyosiy birlashma sifatida hech qachon harbiy harakatlarda qatnashmagan. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.

O‘zbekiston ushbu tashkilotning a’zosi bo‘lgan

Qayd etish kerakki, KXSHT asosi 1992 yili Toshkentda qo‘yilgan. O‘shanda ushbu shartnomani O‘zbekiston ham imzolagan. Biroq, rasmiy Toshkent 1999 yilda ushbu kelishuvga a’zolikni davom ettirishdan bosh tortgan. Oradan bin qancha muddat o‘tib, 2006 yilda O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zoligi tiklangan. Keyin 2012 yilda O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zoligi yana to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing