Turkistonda ko‘prik qulab tushdi
Olam
−
18 dekabr 6019 1 daqiqa
Bugun, 18 dekabr kuni Qozog‘istonda Turkiston viloyatining Keles tumani, Qoshqarota qishlog‘ida Keles daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda Keles tumani hokimligiga tayanib, “Orda.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qulashdan biroz oldin ko‘prikda yoriq paydo bo‘lgani sezilgan va harakat vaqtincha to‘xtatilgan. Hozirda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar xizmati, ichki ishlar organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati vakillari ishlamoqda. Vaziyat nazorat ostida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaning sababi ko‘prikning uzoq yillar davomida foydalanilgani hamda tayanch ustunlari ostining suv oqimi ta’sirida yuvilib ketgani. Ko‘prik Turkiston viloyati Yo‘lovchi transporti va avtomobil yo‘llari boshqarmasi balansida bo‘lib, hozirda u favqulodda tartibda ta’mirlanmoqda.
“Hozirda Alpamys va Birtilek qishloq okruglari orqali 10–15 kilometrli aylanma yo‘llar orqali harakatlanish mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda yaqinda qurilgan ko‘prik qulab tushgandi.
Live
Barchasi