Turk maktabi direktori 9 yashar o‘quvchiga jinsiy tajovuz qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Parlamenti deputati Irina Karamushkina Jo‘qorg‘i Kenesh yig‘ilishida Bishkekdagi turk maktabida 9 yoshli o‘quvchi jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini aytgan. “Vechernыy Bishkek” nashrining yozishicha, deputatga tajovuz haqida o‘quvchilarning ota-onalari ma’lum qilgan.

“Menga “Manas” universiteti hududida ruxsatnomasiz qurilgan turk maktabi (o‘quvchilarining) ota-onalari murojaat qildi. Maktab 20 yildirki litsenziyasiz faoliyat olib boradi. Direktor Amir Aydinning so‘zlariga ko‘ra, ularni kimdir qo‘llab keladi. Ota-onalar Ta’lim vazirligiga murojaat qilishganda, amaldorlar bunday maktabning mavjudligidan umuman bexabarligi ma’lum bo‘lgan”, degan Irina Karamushkina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab direktorining murojaatchi ota-onalar va o‘qituvchilarni haqorat qilishi hayratga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, direktor o‘qituvchilarni qo‘rqitgan. Ular barchasi Turkiya fuqarosi bo‘lgani uchun elchixonaga shikoyat qilishga qo‘rqqan.

“O‘quvchilardan biri nega maktabga borishdan qo‘rqishini surishtirishganda, u psixologga direktor Amir Aydin bolalarni o‘z xonasiga chaqirib, o‘zi va o‘quvchilarning ich kiyimlarigacha yechtirib, tabiat qo‘yniga olib chiqqanini aytgan. Direktor o‘shanda o‘quvchilarga tegajog‘lik qilgan. O‘quvchining onasi Lenin tumani IIB xodimlari bilan maktabga kelgan, biroq militsiya maktab Qirg‘iziston hududida joylashgani va u yerda 200 dan ortiq qirg‘iziston bolalari o‘qishini aytib turib olmaguncha ularni kiritishmagan”, degan Karamushkina.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, maktabda tahsil oluvchi bolalar asosan kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Qirg'iziston jinsiy zo'ravonlik

Baholaganlar

960

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing