Turk kemasi Italiyada hujumga uchradi (video)

Olam

image

Italiyaning Neapol shahri yaqinidagi Ischia orolida bir guruh muhojirlar Turkiyaning Galata Seaways kemasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda “New Day” nashri xabar berdi. 

Aytilishicha, bortida 22 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan turk kemasi Fransiya tomon suzayotgan bo‘lgan. Neapol yaqinida 15 ga yaqin muhojir kemaga yashiringan. Ekipaj a’zolari “yo‘lovchilar”ni payqagach, ularni qo‘lga olishga harakat qilgan. Biroq ular pichoq bilan qurollangani uchun ekipaj kapitan kabinasiga kirib, o‘zini ustidan qulflab, jon saqlagan.
 
Shundan so‘ng, Italiya maxsus kuchlarining San-Marko brigadasi kemani ozod qilish va nazorat o‘rnatish uchun vertolyotda qutqaruv operatsiyasini amalga oshirgan. Italiya Mudofaa vaziri Gido Grossetoning aytishicha, hozirda jabrlanganlar yo‘q va bortdagi vaziyat Italiya harbiylari nazorati ostida.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Italiya kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing