“Turk havo yo‘llari”ning nomi o‘zgaryapti

Olam

image

Turkiyaning milliy aviatashuvchisi “Turk havo yo‘llari” o‘zining ingliz tilidagi nomini turkcha – “Türkiye Havayollar”ga o‘zgartirmoqchi. Aviakopmaniya shu maqsadda Patent va savdo belgilari idorasiga murojaat qildi. Bu haqda mahalliy TRT telekanalida xabar berildi. 

Aviakompaniya nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror kecha, 14 iyun kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aviatashuvchining fyuzelyajlarida ingliz nomi o‘rniga turkcha yozuvlar bo‘lishini e’lon qilganidan keyin qabul qilindi. 

“Cumhuriyet” gazetasining eslatishicha, 2017 yilda Turk havo yo‘llari xususiylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxatidan chiqarilgan va aviatashuvchining 49,1% ulushi milliy boylik fondiga o‘tkazilgan. Jamg‘arma hujjatlarida kompaniya nomi turkcha – “Türkiye Havayollar” deb ko‘rsatilgan. Xuddi shu nom tashuvchining 2015 yildagi ro‘yxatga olish hujjatlarida ham ko‘rsatilgan, deb yozadi gazeta. 

Turkiyaning eng yirik aviakompaniyasi qariyb 100 yillik tarixga ega va 1933 yilda ichki reyslar uchun tashkil etilgan. 1947 yilda Turk havo yo‘llarining birinchi muntazam xalqaro parvozi amalga oshirildi. Yangi Istanbul aeroportida joylashgan aviakompaniya 120 mamlakatdagi 220 ta xorijiy aeroportlarga muntazam reyslarni amalga oshiradi va dunyodagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. 

1 iyun kuni BMT Turkiyaning rasmiy hujjatlarda mamlakat nomini o‘zgartirish haqidagi iltimosini qondirdi. Endi turk tilining fonetik me’yorlaridan kelib chiqib Türkiye deb yoziladi. Ilgari Turkiya nomi xalqaro hujjatlarda ingliz tilidan kelib chiqib, Turkey deya yozilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turk havo yo'llari

Baholaganlar

94

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing