COVID-19: Istanbul aeroporti sayyohlarni kutib olishda dunyoga dars beryapti (foto+video)
Olam
−
05 avgust 2020
23719Dunyo mamlakatlari qatori Turkiyada ham pandemiya davom etayotganiga qaramay, ushbu mamlakatda bir vaqtning o‘zida turizm sohasi jadallik bilan o‘z faoliyatini tiklab bormoqda. Mamlakat nafaqat ichki sayyohlar, balki xorijiy turistlar uchun ham eshiklarini ochib yuborgan. Buning uchun esa Turkiyaning bosh darvozasi – Istanbul xalqaro aeroportida bir qator talablar joriy etildi.
Unga ko‘ra, yo‘lovchilar aeroport hududida va bortda tibbiy niqob kiyishlari shart. Mazkur tartibga amalga qilmaganlar, aeroport va bortga kiritilmaydi.
Terminalga faqat yo‘lovchilar va imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarning hamrohlari kiritiladi, xolos.
Barcha yo‘lovchilarning tana haroratini o‘lchash terminalning kirish qismida termal kameralar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, maxsus kaska kiygan xodimlar terminal bo‘ylab yo‘lovchilarning tana haroratini o‘lchab boradilar.
X-nurlari orqali o‘tadigan har bir yuk ultrabinafsha nurlari bilan tozalanadi.
Har bir yo‘lovchi alohida qurilma orqali pasportini ultrabinafsha nurlarida tozalashi mumkin.
Terminalning kirishidan tortib, to bortgacha har bir qadamda antiseptik vositalar o‘rnatilgan.
Terminalda shaxsiy himoya vositalari avtomati mavjud. Yo‘lovchilarning ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash uchun yer va yo‘lovchilarning diqqatini tortuvchi boshqa joylarga vizual yorliqlar yopishtirilgan. Shuningdek elektron ogohlantirish uskunalari o‘rnatilgan.
Aeroport hududi 24 soat davomida toza havo bilan ta’minlanadi.
Samolyotlarga chiqayotgan har bir yo‘lovchiga alohida shaxsiy gigiyena vositalari paketi taqdim etiladi. Bundan tashqari, samolyot uchishi davomida ultrabinafsha nurlari viruslarga qarshi kurashadi. Uchish davomida bort muntazam toza havo bilan ta’minlanadi.
Koronavirus testini topshirgan yo‘lovchilarning javoblari musbat chiqqudek bo‘lsa, ular yo davlat, yo xususiy shifoxonaga joylashtiriladilar.
Aeroportdagi do‘konlar kvadrat metridan kelib chiqib, ijtimoiy masofa saqlash imkoniyatlarini inobatga olgan holda cheklangan miqdorda xaridorlarni qabul qiladi.
Do‘konlarda kontaktsiz dezinfeksiya moslamalari o‘rnatilgan. Shuningdek ishlatilgan qo‘lqop va maskalar uchun alohida utilizatsiya jihozlari mavjud. Do‘konlarga barcha kirish nuqtalari berkitilib, faqat bir yo‘lakdan kirish tashkil etilgan.
Hojatxonalarga kirish esa 5 kishidan oshmagan holatda navbat bilan amalga oshiriladi.
Barcha restoran va kafelardagi stollar ijtimoiy masofani hisobga olib, 2 metr oraliqda joylashtirilgan. Xo‘randalarni stollar ustidagi oynalar ajratib turadi.
Stol va stullar, idishlar ham bir xaridordan keyin dezinfeksiya qilinadi. Ziravorlar, ketchup, mayonez, shakar yoki vilkalar, pichoq va qoshiqchalar bir martalik paketlarda keltiriladi.
Yo‘lovchilar uchun qog‘oz pullarda emas, plastik kartalarda to‘lovni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Aeroport xodimlari va bort kuzatuvchilari ijtimoiy masofa qoidalariga muvofiq harakat qiladilar va shaxsiy himoya vositalari – yuz qalqonlari, qo‘lqoplar va niqoblardan foydalanadilar.
Foydalanish oson bo‘lgan dezinfeksiyalash mashinalari barcha xizmat ko‘rsatish joylariga o‘rnatilgan.
Yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish, pasport nazorati, bojxona – xullas barcha xizmat ko‘rsatish punktlari muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi.
Barcha xizmat ko‘rsatish joylaridagi reyting tartibi ijtimoiy masofa qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Yo‘lovchilarning kutish jarayonida ijtimoiy masofani saqlashlari alohida e’tiborga olingan va o‘rindiqlarga ogohlantirish yorliqlari yopishtirilgan. Kutish zallari muntazam ravishda zararsizlantiriladi.
Yuk tashiydigan transport vositalari ijtimoiy masofaga mos keladigan o‘rindiq bilan jihozlangan.
Har safar ishlatilganidan keyin “buggy servis” transport vositalari dezinfeksiya qilinadi.
Aeroportda joylashgan masjidlarda foydalanish uchun ibodatchilarga bir martalik joynamozlar ham tayyorlab qo‘yilgan.
Bortda esa taomlar alohida muhrlangan idishlarda, usti yopiq holatda taqdim etiladi.
Dunyo mamlakatlari qatori Turkiyada ham pandemiya davom etayotganiga qaramay, ushbu mamlakatda bir vaqtning o‘zida turizm sohasi jadallik bilan o‘z faoliyatini tiklab bormoqda. Mamlakat nafaqat ichki sayyohlar, balki xorijiy turistlar uchun ham eshiklarini ochib yuborgan. Buning uchun esa Turkiyaning bosh darvozasi – Istanbul xalqaro aeroportida bir qator talablar joriy etildi.

LiveBarchasi