Turk harbiylari Suriyadan qanday shartlarga ko‘ra chiqishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
21 fevral 2020
5601Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSH Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat tufayli Anqaraga yordam sifatida respublikaga (ZRK) Patriot zenit-raketa tizimlarini yetkazib berishi mumkinligini aytdi.
"Qo‘shma Shtatlar bizni Idlibda qo‘llab-quvvatlashini aytmoqda. U yerda Amerika qo‘shinlarining paydo bo‘lishi haqida gapirmayapmiz. Bizga ZRK Patriot havo mudofaasi raketa tizimlari shaklida yordam ko‘rsatilishi mumkin", dedi u 21 fevral kuni CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida.
Turkiya Mudofaa vazirligi rahbari Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa tizimlari ekspluatatsiya qilinishini aytgan. "Biz o‘yin qoidalariga prinsiplar asosida yondoshamiz. Prezidentimiz tegishli javobni berdi va S-400 ni qabul qildi. S-400 hech kimda shubha uyg‘otmasligi kerak. Ishlar taxminan aprel oylarida boshlanadi", dedi u.
Vazir, shuningdek, Suriyada "qonuniy saylovlar" o‘tkazilgandan keyingina Turkiyaning qurolli kuchlari u yerdan chiqarilishini ham istisno qilmadi. "Konstitutsiya bo‘ladi, qonuniy saylovlar o‘tkaziladi, qonuniy hukumat keladi, demokratik davlat paydo bo‘ladi, keyin hamma hamma joyini egallaydi va biz bularni, albatta, qilamiz. Demokratik liderlik bo‘lsa, Turkiya chiqib ketadi", deya ta’kidlagan Hulusi Akar.
LiveBarchasi