To‘rt oylik Turizm va sport vazirligi tuzilmasi o‘zgartiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Turizm va sport vazirligining tuzilmasi bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 avgust kuni Tokio Olimpiadasi sovrindorlari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvda Bosh vazir Abdulla Aripovga shunday ko‘rsatma berdi.

“Abdulla Aripov bir oy muddatda Turizm va sport vazirligining tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish hamda jamoaviy sport musobaqalarini o‘tkazishni takomillashtirish yuzasidan tegishli qaror loyihasini kiritsin”, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatlarining saviyasi tushib ketgani va bu sohada korrupsiya holatlari ko‘zga tashlanayotganini ham alohida ta’kidladi.

“Olimpiya terma jamoalari sportchilarining ruhiy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratish juda muhim. Chunki sportchining ruhiy tayyorgarligi, o‘ziga ishonchi qanchalik kuchli bo‘lsa, albatta, natija ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Shu maqsadda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida sport psixologiyasi va diyetologiyasi bo‘limlarini tashkil etish kerak”, dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv vaqtida Shavkat Mirziyoyev Olimpiadada qatnashgan, biroq sovrinni qo‘lga kiritmagan sportchilar ham 5 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanishini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu vazirlik Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 6 aprel sanasida imzolagan “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarori binoan tuzilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing