“Davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi”. Olimpiadada medal olmagan sportchilarga ham 5 ming dollar beriladi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 13 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasi sovrindorlari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi.

Davlat rahbari uchrashuvda g‘olib va sovrindorlar bilan bir qatorda ularning ustozlari hamda barcha ishtirokchilarni munosib taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarning ko‘p yillik mehnatini inobatga olgan holda ularning har birini 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirishga qaror qildi.

Shuningdek, Olimpiadada oltin medal olganlar – 200 ming AQSH dollari, bronza medalini qo‘lga kiritganlar – 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Olimpiya chempionlarining murabbiylari – 40 ming AQSH dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylari esa 20 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, mukofotlangan murabbiylar safidan To‘lqin Qilichev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonov joy oldi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi saytida Tokio-2020 da O‘zbekistondan 67 nafar vakil ishtirok etgani ko‘rsatilgan. Besh nafar sportchi medal sohibi bo‘lganini hisobga olsak, 62 nafar olimpiyachi 5 ming dollardan mukofot oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

506

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing