Turizm va madaniy meros vaziriga 3 ta o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
26 aprel 2022
6459O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziriga birdan uchta o‘rinbosar tayinlandi.
Baxtiyor Ibrohimov – Turizm va madaniy meros vazirining xalqaro turizmni rivojlantirish, ichki va ziyorat turizmi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Tashqi ishlar vazirligida departament direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Nusratilla Zikrillayev – Turizm va madaniy meros vazirining investitsiyalar, turizm klasterlari va litsenziyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi vazifasida ishlagan.
Botirjon Shahriyorov — Turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 fevral kuni Turizm va sport vazirligi ikkiga bo‘linib, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan Sport vazirligiga Adham Ikromov tayinlandi.
LiveBarchasi