Turizm qo‘mitasi raisiga “zam” tayinlandi

Jamiyat

image

Jamshid Abdusalomovich Abdusalomov Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 2 avgust kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati kotibi xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevning kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi qayta tashkil etilgan edi. Qo‘mita raisi etib Umid Rustamovich Shodiyev tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turizm qo'mitasi o'rinbosar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing