“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni egalariga topshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 oktyabrda " Hilton Tashkent City " mehmonxonasida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun "Turizm fidoiysi" nishonini  topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati, sovrindorlar, faxriy mehmonlar, vazirliklar, idoralar va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.

“So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz tashabbuslari bilan qator farmon va qarorlar imzolandi, turizm sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida eʼtirof etildi. Shu asnoda hududlarimizda turizmni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining ta’sis etilishi va tantanali topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi. Ushbu ko‘krak nishoni respublikamiz fuqarolari va xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga ona yurtimizning boy tarixi va madaniyatini butun dunyoga namoyish etishga chorlov bo‘lib xizmat qiladi degan umiddaman”, deya ta’kidladi Aziz Abduhakimov.

Sovrin laureatlariga bir martalik pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida beriladi. "Turizm fidoyisi" ko‘krak nishoni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati tomonidan topshiriladi.

"Turizm fidoyisi" ko‘krak nishoni egalari ro‘yxati:

1. Abdullayev Maxmud Mamadjanovich – Janubiy Koreyadagi “LAZZAT” o‘zbek restorani rahbari;

2. Badak Sadik – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi (Turkiya);

3. Bekjanova Amina Karimbayevna – “MUINAK TOUR” MCHJ direktori (Qoraqalpog‘iston Respublikasi); 

4. Zarifullayev Gulmurod Sayfullayevich – “Sintobiston” oilaviy mehmon uyi rahbari (Navoiy viloyati); 

5. Kadirov Doniyor Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari – Polkovnik; 

6. Kiyosi Kurosava  – kinorejissyor, senarist, yozuvchi, O‘zbekistonda tasvirga olingan "Dunyoning chekkasi tomon" filmi prodyuseri (Yaponiya);

7. Maxkamov Ilham Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirning birinchi o‘rinbosari; 

8. Nazirov Alisher Nosirovich –  kulol, “Hunarmand” uyushmasi Rishton tumani bo‘limi a’zosi (Farg‘ona viloyati); 

9.  Saydaminov Murodulla – Oriyent Voyage sayyohlik firmasi bosh direktori (Samarqand viloyati); 

10.  Sofi Ibbotson – O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Turizm brendi elchisi; 

11.  Saliyev Taxirjan Nurmamatovich – O‘zbekiston Ayeronavtika federatsiyasi raisi;

12.  Toni Tonchian Dzou – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi (Xitoy Xalq Respublikasi);

13. Tuxvatullina Elmira Akramovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasi direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

14. Ubaydullayev Ravshan Umarovich – “Amirsoy” tog‘ chang‘i kurortini tashkil etish bo‘yicha loyiha rahbari;

15. Uiterdik Katerina – Buxoro shahridagi “Shuxov” suv inshooti restavratsiyasi va turizm namoyish obekti barpo etilishi tashabbuskori, investor (Fransiya);

16. Sharapov Anvar Qurbanovich – vafot etgan (so‘nggi ish joyi  O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi maslahatchisi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining sobiq raisi);

17. Xolmatov Erkin Irgashevich – Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i;

18. Xayitova Muxayyo Xolmurodovna – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

19.  Hakimov Dilyor Zafarovich - O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqullodda va Muhtor Elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi Vakolatxonalar boshlig‘i.


Maqola muallifi

Teglar

Turizm fidoyisi

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing