“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni egalarini topdi

Jamiyat

image

Joriy yil O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni ilk bor o‘z egalariga topshirilmoqda. Mazkur ko‘krak nishoni bilan quyidagilar taqdirlandi.
1.    Abdullayev Maxmud Mamadjanovich – Janubiy Koreyadagi “LAZZAT” o‘zbek restorani rahbari;

2.    Badak Sadik – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining shtatdan tashqari maslahatchisi;

3.    Bekjanova Amina Karimbayevna – “MUINAK TOUR” MCHJ direktori;

4.    Zarifullayev Gulmurod Sayfullayevich – “Sintobiston” oilaviy mehmon uyi rahbari;

5.    Ibragimov Shuxrat Ravshanovich – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyatidagi hududiy boshqarmasining Marketing va turizm muayyan turlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i;

6.    Kadirov Doniyor Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari – Polkovnik;

7.    Kiyosi Kurosava  – Yaponiyalik kinorejissyor, ssenarist, yozuvchi va pedagog;

8.    Maxkamov Ilham Rustamovich – Transport vazirning birinchi o‘rinbosari;

9.    Nazirov Alisher Nosirovich – O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi a’zosi, kulol;

10.     Saydaminov Murodulla – Orient Voyage sayyohlik firmasi bosh direktori;

11.     Sofi Ibbotson – O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Turizm brendi elchisi;

12.     Saliyev Taxirjan Nurmamatovich – O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi raisi;

13.     Toni Tonchian Dzou – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi;

14.     Tuxvatullina Elmira Akramovna - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasi direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

15.     Ubaydullayev Ravshan Umarovich – “Amirsoy” tog‘ chang‘i kurortini tashkil etish bo‘yicha loyiha rahbari;

16.     Uiterdik Katerina – Xorijiy tadbirkor;

17.     Sharapov Anvar Qurbanovich – vafot etgan (so‘nggi ish joyi  O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi maslahatchisi);

18.     Xolmatov Erkin Irgashevich    - Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i;

19.     Hayitova Muhayyo Xolmurodovna – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

20.     Hakimov Dilyor Zafarovich - O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqullodda va Muhtor Elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi Vakolatxonalar boshlig‘i.

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni sovrindorlarini qutlash marosimi yaqin kunlarda tantanali ravishda o‘tkaziladi, unda Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov sovrindorlarga ko‘krak nishonini topshiradi. 

Qayd etish lozimki, “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni yilda bir marta topshirilib, sovrindorlar soni 20 nafardan oshmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5781-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan ta’sis etilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turizm fidoyisi

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing