MDH davlatlari politsiyasining “kazo-kazo”lari Toshkentda to‘planadi

Jamiyat

image

Ertaga, 29 noyabr kuni MDHga a’zo davlatlar poytaxtlari ichki ishlar organlari/politsiyasi bo‘linmalari rahbarlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Aslida ushbu yig‘ilishni o‘tkazish taklifini Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov ilgari surgan edi. Ushbu tashabbusni Uyushgan jinoyatchilik va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi ham qo‘llab-quvvatlagan. 

Yig‘in Toshkent shahar IIBB va MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar poytaxtlarining ichki ishlar organlari/politsiyasi bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi va terroristik faoliyatga qarshi kurash, turistlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashuvini kengaytirish maqsadida o‘tkazilyapti. 

Majlisda MDHga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida MDH davlatlari poytaxtlari ichki ishlar organlari/politsiyasi rahbarlarining yig‘ilishlariga doimiy kengash organi maqomini berish va ushbu format faoliyati haqida Nizom loyihasini tuzish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish masalalari muhokama etiladi. 

Kengash yakuniga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar va o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Po'lat Bobojonov

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing