Turdimov Samarqand viloyati hokimligiga tasdiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 13 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov qatnashdi. 

Dastlab, viloyat saylov komissiyasi raisi S.Nuriyevning xalq deputatlari viloyat Kengashiga o‘tkazilgan saylov natijalari haqidagi axboroti eshitildi.

Shundan so‘ng xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. 

image_2020-01-13_13-28-37.png

Deputatlar xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish hamda viloyat Kengashidagi doimiy komissiyalarni tuzish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan 16 nafar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 14 nafar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 11 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan 10 nafar hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 9 nafar deputatdan iborat partiya guruhlari tashkil etildi.

Shuningdek, Kengashning yettita doimiy komissiyasi tuzildi. 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Dastlab ushbu masala yuzasidan siyosiy partiyalar guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga 2-Afrosiyob saylov okrugidan saylangan deputat Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimovning nomzodini xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini bildirdi va uni o‘qib eshittirdi.

So‘ngra mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi partiyalar guruh rahbarlarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Deputatlar Erkinjon Turdimovni nomzodini qo‘llab-quvvatlab, Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Erkin Turdimov

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing