Turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26 fevral kuni qabul qilgan 170-sonli qaroriga muvofiq “Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Nizomga muvofiq, turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.

Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan joyga ko‘chib kirishga asos bo‘lgan order asosida o‘n kunda ijara shartnomasi tuziladi.

Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joy maydonidan kelib chiqib turar joyning 1 kv metri uchun Toshkent shahrida bir yilga eng kam oylik ish haqining 2 foizi, boshqa viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Ijara haqini to‘lash muddati shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u har oyda to‘lanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori Ijara shartnomasi

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing