“Tupurish taqiqlanadi!” Rossiyada yangi qonun ishga tushdi

Olam

image

Rossiyaning Yaroslavl viloyatida jamoat joyida tupurganlik uchun jarima belgilandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Federatsiyaning boshqa viloyatlarida tupurganlik uchun jarima hozircha joriy etilmagan. 

“Biz Yaroslavl viloyatida madaniyatni ko‘p jihatdan, shu jumladan, biroz boshqacha tomondan shakllantirmoqdamiz. Biz yangi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni qabul qildik. Mamlakatda birinchi va dunyoda uchinchi bo‘lib tupurish uchun javobgarlikni joriy qildik. Dunyoda faqat ikki davlat – Singapur va Qozog‘istonda bunday ma’muriy javobgarlik bor. Va endi uchinchi davlat paydo bo‘ldi”, deydi viloyat gubernatori Mixail Yevrayev. 

Ma’lumot uchun, Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi mintaqaviy qonunga o‘zgartirishlar joriy yilning 27 iyun kuni Yaroslavl viloyati dumasi tomonidan qabul qilingan. Unga ko‘ra, viloyatda jamoat joylarida tupurganlik uchun 1,5 ming rubl (taxminan 200 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi. Agar huquqbuzarlik bir yil ichida yana takrorlansa, jarima 3 ming rublni tashkil qiladi.

Tuflash taqiqlangan joylar sirasiga ko‘chalar, hovlilar, o‘yin maydonchalari va plyajlar, shuningdek, madaniy va sport tadbirlari o‘tkaziladigan hududlar kiradi. Bundan tashqari, mazkur amaliyot liftlar, uylarning kirish joylari 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya tupurish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing