To‘palang suv omboridan yana suv toshdimi? Mas’ullar izoh berdi
Jamiyat
−
23 iyun 2022
15352Ijtimoiy tarmoqlar suv ombori to‘g‘onidan yuqori bosimda suv chiqayotgani aks etgan videolavha tarqalmoqda. Bu Surxondaryo viloyatidagi To‘palang suv omborida kuzatilayotgani aytilgan. Mazkur holatga “O‘zbekgidroenergo” AJ Matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, internetda tarqalgan xabar mutlaqo haqiqatga zid va yuqori suv bosimli tashlama To‘palang GES inshootidan olinmagan.
“Mazkur xabar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Surxondaryo viloyatidagi To‘palang suv ombori to‘g‘oni suv qo‘yib yuborgani va atrofni suv bosgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. “O‘zbekgidroenergo” AJ holat yuzasidan munosabat bildirib, To‘palang suv ombori qoshida barpo etilgan To‘palang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o‘tkazilgan vaqtda bosim quvuri to‘sini orqali 40 m3 suv chiqqanini ma’lum qilgandi.
So‘ng viloyat hokimi To‘ra Bobolov suv ombori yonida turib, videomurojaat yo‘llagan edi. Unga ko‘ra, texnik nosozlik bartaraf etilgan, hech qanday vahimaga o‘rin yo‘q!