Surxondaryodagi daryodan 13 yoshli qizning jasadi topildi (video)
3-sahifa
−
20 may 6695 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 13 yoshli qiz To‘palang daryosida oqib ketdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Afrosiyob” mahallasida yashagan 13 yoshli F.M.ning To‘palang daryosida oqib ketgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv davomida joriy yilning 15 may kuni voyaga yetmagan F.M.ning murdasi Denov tumani “Ittifoq” mahallasidan oqib o‘tuvchi To‘palang daryosi ichidan tan jarohatlarisiz topilgan.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga yuqori nafas yo‘llariga suv kirishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab sodir bo‘lgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 11-sinf o‘quvchisi kanalda oqib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi