Tunisda jamoat binosiga tasodifan Turkiya bayrog‘ini o‘rnatgan 4 kishi hibsga olindi (video)

Olam

image

Tunisdagi SNCFT davlat temiryo‘l shirkati binosida davlat bayrog‘i o‘rniga Turkiya bayrog‘i o‘rnatildi. Ushbu holat aks etgan video tarmoqda tarqalib, jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Oqibatda bayroqni o‘rnatgan 4 kishi sud tomonidan hibsga olindi. Bu haqda "Haberler" xabar berdi.

Tunisda jamoat binosiga tasodifan Turkiya bayrog‘ini o‘rnatgan 4 kishi hibsga olindi (video)Qayd etilishicha, Tunisda to‘rt kishi adashib, mamlakatning temiryo‘l kompaniyasi bosh qarorgohida Tunis bayrog‘i o‘rniga Turkiya bayrog‘ini ko‘targan. Ushbu xatolik ijtimoiy tarmoqlarda juda tez tarqalib, internet foydalanuvchilari temiryo‘l kompaniyasida hech kim buni payqamaganidan g‘azablangan.

Salbiy reaksiyalar ortidan prokuratura tergov boshlagan va 4 kishi hibsga olingan.

Temiryo‘l kompaniyasi sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng uzr so‘ragan va yangi sotib olingan Tunis bayroqlari orasida Turkiya bayrog‘i tushunmovchilik sabab qo‘shilib qolganini ma’lum qilgan. Muassasa davlat bayrog‘i suverenitet va milliy birlikning ezgu ramzi ekanligini, bunday xatolarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII Olimpiadaning ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘i adashib, teskari ko‘rinishda ko‘tarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Tunis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing