Tungi klubdagi hodisada o‘zbekistonliklar va JCH ishtirokchilari jabrlandi

Jamiyat

image

Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi tungi klubda yuz bergan baxtsiz hodisada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi. Bu haqda Koreyaning “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Bugun, 27 iyul kuni Kvanjudagi tungi klubda osma qavat qulashi natijasida ikki kishi halok bo‘lgan va 17 nafari jarohatlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2,5 metr balandlikdagi qurilma og‘irlikni ko‘tara olmay qulagan. Guvohlarning aytishicha, qulash vaqtida osma qavatda 100 nafarga yaqin odam bo‘lgan.

Baxtsiz hodisada ikki nafar Koreya fuqarosi halok bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida Kvanjuda o‘tayotgan suv sporti bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun kelgan 9 nafar sportchi ham bor.

Jami AQSHdan to‘rt nafar, Yangi Zelandiyadan ikki nafar, Niderlandiya, Italiya va Braziliyadan bir nafardan sportchilar jabrlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

79

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing