Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Toshkentdagi klubda fuqaroni do‘pposlab, komaga tushirgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 mart kuni tungi soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida tanishi bilan janjallashgan chog‘ida, ularni ayirmoqchi bo‘lgan fuqaroga tan jarohati yetkazgan Akmal Shukurov Qozog‘istonda qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Yakkasaroy tumanida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida 1995 yilda tug‘ilgan Akmal Shukurov tergovdan qochib yashiringanligi sababli unga nisbatan sirtdan Jinoyat kodeksining 277-moddasi  (bezorilik) va 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e’lon qilinib qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Toshkentdagi tungi klubda dahshatli janjal sodir bo‘ldi (video) north_east

Toshkentdagi tungi klubda dahshatli janjal sodir bo‘ldi (video)

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Shukurov Qozog‘iston Respublikasida ushlangan. 

“Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, voqea joriy yilning 16 mart kuni tungi soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida mijoz sifatida kelgan 1995 yilda tug‘ilgan erkak 1985 yilda tug‘ilgan tanishi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashgan. 1990 yilda tug‘ilgan shaxs ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida biri uni urib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda tan jarohati olgan erkak “bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal Yakkasaroy Bezorilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing