To‘lov tizimlariga nisbatan kiberhujum bo‘lmadi – Markaziy bank
Jamiyat
−
04 fevral 932 1 daqiqa
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xakerlar hujumi sabab ko‘plab fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Markaziy bank to‘lov tizimlariga nisbatan hech qanday kiberhujum bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Markaziy bank fuqarolardan ehtiyot bo‘lishni so‘ramoqda. Xususan:
noma’lum va shubhali havolalarga kirmaslik;
bank karta ma’lumotlari, SMS-kodlar va parollarni hech kimga bermaslik;
faqat rasmiy manbalarda e’lon qilingan xabarlarga ishonish;
shubhali holatlarga duch kelinganda tegishli idoralarga murojaat qilish.
Qayd etish joiz, kecha, 3 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda 15 million o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat bo‘yicha ayni vaqtda rasmiy tekshiruvlar olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablag‘larini xakerlik hujumi orqali o‘zlashtirishga uringan shaxslar ushlangandi.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi