To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasini buzganlik uchun jarima kamaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda qator ma’muriy qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalarning eng ko‘p miqdori chiqarib tashlanyapti. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining videokonferens aloqa tarzida o‘tgan yig‘ilishida muhokama qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazolar yengillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasida belgilanyapti.

Quyi palata matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida fuqarolar, jamoatchilik vakillari, avtoulov haydovchilari bilan muloqotlar o‘tkazilgan. 

O‘rganish davomida kodeksdagi yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarima miqdorini eng kam va eng ko‘p miqdorini belgilash davomida ya’ni, huquqbuzarlikni tasniflashda amaliyotda korrupsion holatlarini kelib chiqishiga imkon yaratuvchi mavhum normalar aniqlangan.

Taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra,“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning bir qator moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, kodeksning 54 (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish), 123 (Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish), 141 (Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish), 147-moddalarida (Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish) nazarda tutilgan “eng kam” va “eng ko‘p” miqdorda belgilangan jarimalarning eng kam darajasi saqlanib, eng ko‘p darajasi chiqarib tashlanyapti.

Shuningdek, kodeksning 128-6-moddada belgilangan Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirilib, takroran sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima qo‘llash normalari chiqarilmoqda.

Deputatlar ushbu hujjatning qabul qilinishi kelgusida yo‘l transport sohasidagi qoidabuzarlik uchun jarimalar belgilashda korrupsion holatlar sodir etilishini oldini olishga xizmat qilishini aytib, qonun loyihasini ma’qullagan.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

419

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing