To‘xtash mumkin bo‘lmagan joyda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinadi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2019
4882Endilikda to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar evakuator yordamida yo‘ldan olib tashlanadi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 apreldagi “Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan amaldagi yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.
Ushbu kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra 7.21 raqamli (evakuator ishlamoqda) qo‘shimcha axborot belgisi Toshkent ko‘chalarida o‘rnatilgan. Mazkur belgi to‘xtash mumkin bo‘lmagan belgilari ta’siri ostida qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinishini anglatadi.
Taqiq belgilari ta’siri ostida agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga ko‘ra transport vositasi ushlab turilishi uchun evakuatorda majburiy evakuatsiya qilinadi.
Toshkent shahar IIBB, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qonunchilikdagi mazkur o‘zgarishlar amalga tatbiq etila boshlanganini eslatgan holda, aholidan o‘z avtomashinalarni to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan joylarda qoldirmasliklarini so‘ramoqda.
LiveBarchasi