Tuxel keyingi mavsumdan “Bavariya”ning asosiy darvozaboni kim bo‘lishini aytdi

Sport

image

“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel oxirgi paytlarda darvozabon Yan Zommerning o‘yinidan ko‘ngli to‘lmayotganini aytib o‘tdi. Mutaxassis yangi mavsumdan darvozani Noyerga ishonib topshirmoqchi. 

Zommer esa klubda ikkinchi raqamli darvozabon sifatida qolish niyatida emas. Shuning uchun shveysariyalik posbon yozda “Bavariya”ni tark etishi mumkin. 

Jahon chempionatidan keyingi ta’tilda olgan jarohatidan forig‘ bo‘layotgan Manuyel Noyer yaqin 1-2 oy ichida mashg‘ulotlarga qaytadi. U hozirda individual dasturlar bilan shug‘ullanyapti. Nemis darvozaboni iyul oyida umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashishi kutilmoqda.

Noyer 2011 yildan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib keladi. “Bavariya” Zommerni esa joriy yilning boshida xarid qildi. Zommer yangi klubida 10 tadan ortiq o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Bavariya” Yan Zommer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing