“To‘qtag‘ul”dagi suv hajmi o‘tgan yilgidan oshib ketdi

Olam

image

Bugun, 4 yanvar kuni Qirg‘iziston hududida joylashgan "To‘qtag‘ul" suv omboridagi suv hajmi 11 milliard 96 million kub metrni tashkil qildi. Bu haqda “Elektr stansiyalari” AJga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Bir yil avval suv omboridagi suv hajmi 10 milliard 347 million kub metrni tashkil etgan bo‘lib, bu bugungi kunga nisbatan 749 million kub metrga kamdir. Bugungi kunda suv oqimi sekundiga 196 kubometrni, sarfi esa 574 kubometrni tashkil etmoqda.

“To‘qtag‘ul” suv ombori o‘tgan asrning 70-yillari o‘rtalarida qurilgan bo‘lib, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istonda suv iste’moliga ta’sir ko‘rsatmoqda. Suv omborining loyihaviy hajmi 19,5 milliard kub metrga teng.

2024 yilda “To‘qtag‘ul” suv omboridagi vaziyat so‘nggi 5 yildagi eng og‘ir holatga kelib qolgandi. O‘tgan yilning 2 fevral kuni Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz bergandi va Qirg‘izistondagi gidroelektr stansiyalar yukining oshishiga sabab bo‘lgandi. Shuningdek, bu mazkur suv omboridan suvning chiqish hajmini keskin orttirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

suv Qirg'iziston To'qtag'ul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing