To‘qayev yirik suv toshqinlari tufayli Ostona xalqaro forumini bekor qildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda “misli ko‘rilmagan suv toshqini” sababli iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qildi. Bu haqda u X’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

“Qozog‘istonda misli ko‘rilmagan suv toshqini va keng ko‘lamli vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish hamda mamlakat fuqarolariga yordam ko‘rsatish uchun moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli shu yilning 13-14 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qilishga qaror qildim”, deb yozdi To‘qayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, forum 2025 yilda o‘z ishini davom ettiradi. 

“Umid qilamanki, tadbirga taklif etilgan ishtirokchilar ushbu qarorni to‘g‘ri tushunadi”, deydi To‘qayev.

Ma’lumot uchun, 13-14 iyun kunlari respublika poytaxtida Qozog‘iston Prezidenti raisligida Ostona xalqaro forumi o‘tishi kerak edi. Ishtirokchilar to‘rtta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratishlari kutilgan edi: tashqi siyosat va xalqaro xavfsizlik, xalqaro taraqqiyot va barqarorlik, energetika va iqlim o‘zgarishi, iqtisodiyot va moliya.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida boshlangan suv toshqinlari sababli hozirda Qozog‘istonning Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradosh bir qancha viloyatlarida mahalliy favqulodda holat e’lon qilingan. To‘qayev suv toshqinlarini respublikadagi so‘nggi 80 yildagi eng yirik iqlim halokati deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston suv toshqini Qosim-Jomart To'qaev Ostona xalqaro forumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing