To‘qayev Yevropaga yaqinlashish Qozog‘istonning asosiy maqsadlaridan biri ekanini aytdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi bilan strategik sheriklikni rivojlantirish Qozog‘iston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 27 oktyabr kuni Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan muzokaralarda so‘z ochdi. 

“Sizning tashrifingiz Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik doirasidagi muhim yutuqlarni nishonlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Kelgusi yil biz muhim sana – diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaymiz. Sizning Qozog‘istonga rasmiy tashrifingizni munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishdan o‘zaro manfaatdorlikning yana bir dalili deb bilamiz”, degan Qozog‘iston Prezidenti. 

To‘qayev Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan Markaziy Osiyodagi birinchi va yagona davlat bo‘lganini eslatggan. 

Davlat rahbarining fikricha, oliy darajadagi muntazam muloqotlar Qozog‘iston va YeI o‘rtasida keng qamrovli muloqotni rivojlantirish imkoniyatlarini mustahkamlaydi. 

O‘z navbatida, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel Qosim-Jomart To‘qayevga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini qayd etgan. 

“Biz birinchi marta Bryusselda uchrashganmiz, shundan beri yaqin aloqada bo‘lib, turli sohalarda ishlayapmiz. Mintaqaviy miqyosda hamkorlikda ish olib borish muhimligini qayd etaman. Hamkorligimizning dolzarb masalalarini, jumladan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida siz bilan uchrashganimdan xursandman”, deydi Sharl Mishel. 

Uchrashuvda tomonlar energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, transport va logistika masalalarini atroflicha muhokama qilgan. Ular Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi formatidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Qosim-Jomart To'qaev Sharl' Mishel'

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing