To‘qayev yana Putin bilan uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Orenburgda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, vazirlik davlatlar rahbarlarining muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Vazirlik xabariga ko‘ra, kuzda Orenburgda Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi XIX mintaqalararo hamkorlik forumi davlat rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Forumning aniq sanasi hozircha noma’lum.

Forum haqida avval ham gap-so‘zlar chiqqandi, biroq 19 avgust kuni Qosim-Jomart To‘qayevning Sochiga tashrifidan so‘ng mintaqalararo forum bo‘lib o‘tmasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Hozir esa uchrashuv o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Forumning asosiy kun tartibi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish bo‘lishi kerak. Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari ma’muriyati yetakchilarning ishtiroki haqidagi ma’lumotni hozircha tasdiqlaganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, To‘qayev joriy yilning 19 avgust kuni Sochida uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki davlat rahbarlari xalqaro maydonda yelkama-yelka turishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing