To‘qayev va Japarov ham Mirziyoyevni 65 yoshi bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshni qarshilagani munosabati bilan tabriklash maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov sim qoqdi. 

Qozog‘iston yetakchisi O‘zbekiston rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta zafarlar tilagan.

Muloqotda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Savdo va logistika, sanoat va agrosanoat sohalarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari darajasida yaqindan aloqalarni davom ettirishga kelishib olingan.

Mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qirg‘iziston Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.

Mirziyoyev va Japarov muloqotida bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini tayyorlash masalalari muhokama qilingan. Ikki mamlakat hukumatlari savdo shartnomalari va sanoat kooperatsiyasi bitimlarining yangi to‘plamini, shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston strategik sherikligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlashi muhimligi qayd etilgan.

Energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev Sadir Japarov

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing