To‘qayev va Tramp Oq uyda Netanyaxuga sim qoqdi
Olam
−
07 noyabr 6202 2 daqiqa
Kecha, 6 noyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Qozog‘iston va AQSH Prezidentlari Qosim-Jomart To‘qayev va Donald Tramp hamda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ishtirokida qo‘shma telefon suhbati amalga oshirildi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatning asosiy mavzusi — Qozog‘iston Respublikasining Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilish niyati bo‘ldi.
Qozog‘iston rahbari ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp ko‘pchilik imkonsiz deb hisoblagan yutuqlarga erishib, Yaqin Sharqda barqaror tinchlik o‘rnatish uchun real asos yaratgan.
“Qozog‘iston Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilar ekan, qarshilikni bartaraf etish, muloqotni ilgari surish va BMT Nizomi asosida xalqaro huquqni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilganini bildirdi.
Mamlakatning bu qarorini hech bir davlat bilan ikki tomonlama munosabatlarga ta’sir qilmaydigan, balki ko‘p tomonlama diplomatiyaning tabiiy davomi va namoyoni sifatida izohlanadi”, deyiladi xabarda.
Prezident Donald Tramp Qozog‘iston rahbarining Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilish qarorini yuqori baholab, bu qadam boshqa davlatlarni ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga rag‘batlantiradi, deb ta’kidladi.
“Bu – dunyo bo‘ylab ko‘priklar qurish yo‘lidagi muhim qadam. Bugun ko‘plab mamlakatlar mening Avraam kelishuvlarim orqali tinchlik va farovonlik yo‘lini tanlashga tayyor”, dedi Donald Tramp telefon suhbati yakunida.
Rasmiy qism yakunlanganidan so‘ng, Donald Tramp va Qasim-Jomart To‘qayev suhbatni norasmiy muhitda davom ettirdi. Ular Oq uy ayvonidan yangi ballar zali qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Qozog‘iston allaqachon Isroil bilan to‘liq diplomatik va iqtisodiy aloqalarga ega, shu bois bu qadam asosan ramziy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tramp o‘zining ilk prezidentlik davrida bu kelishuvlarni ishlab chiqqan va ularni kengaytirish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan. 2020 yilda Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Tramp vositachiligida Isroil bilan munosabatlar o‘rnatgan. Shu yilning o‘zida Marokash ham Isroil bilan diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘ygan.
Tramp so‘nggi paytlarda G‘azodagi otashkesimdan so‘ng Saudiya Arabistoni ham kelishuvga qo‘shilishi mumkinligidan umidvorligini bildirgan, ammo Ar-Riyod Falastin davlatchiligi bo‘yicha harakatsiz holda olg‘a siljishga tayyor emasligini bildirib kelmoqda.
“Reuters”ning yozishicha, Ozarbayjon va O‘zbekiston – har ikkalasi ham Isroil bilan yaqin munosabatlarga ega – kelgusida Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar sifatida tilga olinmoqda. Bu kelishuvlar Trampning ilk prezidentlik muddatidagi eng muhim tashqi siyosiy yutuqlaridan biri sifatida baholanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr