To‘qayev o‘ziga yangi Matbuot kotibi tayinladi 

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ruslan Jeldibayni davlat rahbarining Matbuot kotibi etib tayinladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.  

“Davlat rahbarining farmoni bilan Jeldibay Ruslan Sultanuli Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi etib tayinlandi”, deyiladi xabarda. 

Bungacha Jeldibay Qozog‘iston Bosh vaziri devoni rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan. O‘tgan yillar davomida u Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi ichki siyosat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Respublika Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi axborot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 mart kuni To‘qayev Berik Ualini Qozog‘iston Prezidenti Matbuot kotibi lavozimidan ozod qilib, “Xabar” agentligi AJ boshqaruvi raisi etib tayinlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing