To‘qayev O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarni jazoni yanada o‘tash uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qozog‘iston Respublikasi qonunini imzoladi.

Qozog‘iston Senati joriy yilning 9 fevral kuni ushbu bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qullagandi. 

Mazkur shartnoma ikki davlat mahkumlariga qamoq jazolarini o‘z vatanlarida o‘tash imkonini beradi. 

Shartnoma qoidalariga muvofiq, tomonlar mahkumlarni boshqa joyga o‘tkazishda maksimal darajada hamkorlik qilish majburiyatini oladilar, bu esa jazoning yanada samarali ijro etilishiga va mahkumlarning keyinchalik ijtimoiylashuviga yordam beradi. Shuningdek, mahkumni boshqa davlatga o‘tkazish uchun uning roziligini olish kerak bo‘ladi. Agar bu milliy qonunchilikka yoki mamlakat xavfsizligiga zid bo‘lsa, mahkumlar ekstraditsiya qilinmaydi.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakat koloniyalarida 500 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tamoqda. O‘zbekistonda esa 20 nafar qozog‘istonlik jazoni o‘tamoqda. Shartnoma parlament tomonidan ratifikatsiya qilingandan so‘ng imzolash uchun Qozog‘iston Prezidentiga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing