To‘qayev o‘z qo‘li bilan Nazarboyevni haqorat qilishga yo‘l ochib berdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Jinoyat kodeksidan birinchi prezident haqidagi moddani olib tashlash bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Birinchi prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi norma “Noqonuniy yo‘l bilan olingan mulkni davlatga qaytarish to‘g‘risida”gi qonunga ilova qilingan qonunlarga kiritilgan.

Qonun e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun o‘tgach, kuchga kiradi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qoidalar bundan mustasno, bunday qonunlar kuchga kirishi uchun umumiy talablarga muvofiq, e’lon qilingan kundan boshlab 60 kun o‘tgach kuchga kiradi.

“Aktivlarni qaytarish to‘g‘risidagi qonunga ilova qilingan loyiha doirasida jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi qoidalar mavjud. Endi u yerda Elboshi va uning vakolatlari tilga olinmaydi. Bu moddalar endi Jinoyat kodeksida kerak emas, ularga ehtiyoj ham yo‘q. Chunki “Elboshi maqomi to‘g‘risida”gi qonun hozir yo‘q. Shuning uchun jinoiy javobgarlik kerak emas va qo‘llanilmaydi”, deb tushuntirgan parlamentning Qonunchilik va sud-huquq islohotlari qo‘mitasi raisi Snejanna Imasheva.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘zining birinchi qarorini chiqardi, unga ko‘ra Qozog‘iston Respublikasining “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Ko‘p o‘tmay “Nazarboyevni alohida maqomdan mahrum etish to‘g‘risida”gi qaror parlament tomonidan ma’qullandi, keyinroq esa bu qonun prezident Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan imzolandi. 

Fevral oyi oxirida Moliya vazirligi Nursulton Nazarboyevning idorasini moliyalashtirish bosqichma-bosqich qisqartirilishini aytgan edi. Mart oyi boshida esa Moliya vaziri o‘rinbosari Dauren Temirbekov bu yil sobiq prezident idorasini moliyalashtirish 130 million tengega qisqarishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Jinoyat kodeksi Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing