Qozog‘istonda viloyatlar 17 taga yetadi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda uchta yangi viloyat tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bular Abay, Jetisu (Yettisuv) va Ulitau (Ulitog‘). Bu haqda Oqo‘rda saytida xabar qilindi.

To‘qayevning farmoni bilan Olma-ota viloyati ma’muriy markazi Taldiqo‘rg‘on shahridan Qonayevga ko‘chiriladi.

Shuningdek, ma’muriy markazi Semey shahri bo‘lgan Abay viloyati tashkil etiladi. Uning tarkibiga Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Aqsuat, Abay, Ayagoz, Beshqarag‘ay, Borodulixin, Jarmin, Urdjar, Kokpektin tumanlari, Semey va Kurchatova shaharlari kiradi.

Yangi tashkil etilayotgan yana bir viloyat Jetisuning markazi Taldiqo‘rg‘on shahri bo‘ladi. Uning tarkibiga Olma-ota tumanidan ajratilgan Aksu, Alakol, Yeskeldin, Karatal, Kerbulak, Koksu, Panfilov, Sarkan tumanlari hamda Taldiqo‘rg‘on va Tekeli shaharlari kiradi.

Ulitau viloyati esa Qorag‘anda viloyatidan ajratilgan Janaariq, Ulitau tumanlari hamda Jezkazgan, Karajala va Satpayev shaharlarini o‘z ichiga oladi. Uning markazi Jezkazgan shahri bo‘ladi.

Farmon joriy yilning 8 iyun kuni kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston 14 viloyatga bo‘lingan. Shuningdek, uchta respublika darajasidagi shaharlar bor: Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkent. Endilikda viloyatlar 17 taga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing