To‘qayev turkiy tilli davlatlar maxsus iqtisodiy zonasini tashkil etishni taklif qildi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turkistonda turkiy tilli davlatlar qo‘shma maxsus iqtisodiy zonasini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda u Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitidagi nutqida so‘z ochdi. 

“Mamlakatlarimiz uchun asosiy vazifalardan biri bu tovar ayirboshlashni oshirishdir. Shu munosabat bilan men tarixiy ravishda yo‘llar chorrahasida joylashgan Turkistonning keng investitsiya, savdo-iqtisodiy imkoniyatlarini ta’kidlamoqchiman. Uning ulkan resurs bazasi, inson kapitali va sayyohlik salohiyatini inobatga olgan holda, men Turkiston mintaqasida turkiy davlatlarni birlashtirgan holda "Maxsus iqtisodiy zona" yaratishni taklif qilaman”, deydi To‘qayev. 

Shuningdek, nutqda Turk investitsiyalari va integratsiyasi jamg‘armasini yaratish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Bu turkiyzabon davlatlarning birinchi qo‘shma moliyaviy instituti. 

“Barcha a’zo davlatlar ushbu tashabbusni ishlab chiqqandan so‘ng, men uning shtab-kvartirasini Ostona xalqaro moliya markazida (OXMM) joylashtirishni taklif qilaman. OXMM – xalqaro moliya institutlarining eng yaxshi tajribasi va zamonaviy vositalarini birlashtirgan platformadir. Bu yerda Islom banki va islomiy obligatsiyalar keng qo‘llaniladi. Markaz turkiy davlatlarga katta sarmoyalarni jalb qilish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi”, deydi Prezident. 

Davlat rahbari o‘z nutqida barcha turkiy xalqlar uchun Turkiston ota-bobolar yurti, muborak joy va otayurt ekannigini ta’kidlagan. “Bizning maqsadimiz turkiy dunyoni XXI asrning eng muhim iqtisodiy, madaniy va gumanitar mintaqalaridan biriga aylantirishdir. Biz turk sivilizatsiyasini modernizatsiyalashni dunyoni Yassaviy va muqaddas Turkiston merosi bilan tanishtirishdan boshlashga chaqiramiz. Shuning uchun bugungi sammit “Turkiston – turk dunyosining ma’naviy poytaxti” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda, deb ta’kidladi Qosim-Jomart To‘qayev. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari videoanjuman shaklidagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib, bir qator takliflarni ilgari surdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing