To‘qayev Szinpinga 1500 bosh sayg‘oq sovg‘a qildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xitoy hukumatiga 1500 bosh sayg‘oqni g‘arbiy Xitoyga joylashtirish uchun sovg‘a qilishga qaror qildi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu noyob va qadimiy hayvon bo‘lmish sayg‘oq populyatsiyasi Xitoyda qayta tiklanishi uchun sovg‘a qilingan.

O‘z navbatida, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qosim-Jomart To‘qayevga qabul qilingan qaror uchun minnatdorlik bildirgan, chunki Xitoy sayg‘oqlar populyatsiyasini tiklashni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, To‘qayev Szinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, uning Qozog‘istonga tashrifi aynan shu sana bilan uyg‘un kelganini ramziy voqea sifatida e’tirof etgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Ostona shahriga kelgan edi.

Oqo‘rda qarorgohida Xitoy va Qozog‘iston yetakchilari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar yakunida 24 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolangan.

Si Szinpin Oqordada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Qosim-Jomart To‘qayevga Qozog‘iston zaminida ko‘rsatilgan samimiy va iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirgan.

Jaloliddin Rahmonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin Qosim-Jomart To'qaev sayg'oq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing