To‘qayev Trampni tabrikladi

Olam

image

Bugun, 14 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev AQSH Prezidenti Donald Trampga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik telegrammasini yo‘lladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, To‘qayev tabrikda Donald Trampning global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan faol va pragmatik siyosatini yuqori baholashini ta’kidlagan.

Davlat rahbari AQSH Prezidentining Qozog‘iston bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sadoqatini qadrlashini bildirar ekan, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirishga tayyorligini tasdiqlagan.

“Qosim-Jomart To‘qayev Donald Trampga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, AQSHning 45- va 47- Prezidenti Donald Tramp 1946 yil 14 iyun kuni tug‘ilgan. U bugun 79 yoshga to‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing