To‘qayev Tramp va Putinning uchrashuvini olqishladi

Olam

image

Qozog‘iston AQSH va Rossiya Prezidentlari – Donald Tramp va Vladimir Putinning Ankorijdagi uchrashuvini Ukraina bo‘yicha eng yuqori darajadagi muzokaralar jarayonining boshlanishi sifatida qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibay ma’lum qildi.

Davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevning fikricha, bu tarixiy sammit ikki mamlakat liderlarining siyosiy iroda va sof niyati tufayli bo‘lib o‘tgan. Ular zamonaviy dunyodagi muhim muammolar, jumladan Ukrainadagi urushni to‘xtatish masalasida kelishishga tayyor ekanini ko‘rsatgan.

“Ular hozirgi davrning eng muhim muammolariga, jumladan, Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga oid masalalarda hamkorlik qilishga niyat bildirgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, kecha, 15 avgust kuni AQSHning Alyaska shtatida Tramp va Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan bugun, 16 avgust kuni soat 04:25 da yakunlandi. Alyaskada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Tramp va Putin birgalikdagi matbuot anjumanida qatnashdi.

Matbuot anjumanidan oldin Putin va Tramp “uchga-uch” formatida taxminan 2 soat 45 daqiqa davom etgan muzokaralar o‘tkazdi. Tramp ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi, biroq Ukraina masalasida hali bitim yo‘qligini qayd etdi. Putin esa muzokaralarni foydali, deb atab, Rossiya Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha ishlashga tayyorligini bildirdi. Davlat rahbarlari jurnalistlarning savollariga javob bermadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi (YeI) yetakchilari Putin va Trampning uchrashuvidan keyin Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishga tayyor ekanini bildirgandi. Ular Kiyevga qurol yetkazib berish yoki Ukrainani YeI va NATOga integratsiyalashdan voz kechish bo‘yicha cheklovlarni rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev Alyaska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing