To‘qayev Tramp mukofotini ta’sis etishni taklif qildi (video)

Olam

image

Bugun, 19 fevral kuni “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida AQSH Prezidenti Donald Tramp nomidagi mukofotni yaratish taklifi bildirildi. Ushbu tashabbus Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan ilgari surildi.

“Men Prezident Trampning tinchlikparvarlik sohasidagi ulkan yutuqlarini e’tirof etish uchun uning nomidagi maxsus “Tinchlik kengashi” mukofotini ta’sis etishni taklif qilmoqchiman”, degan To‘qayev. 

Tinchlik Kengashi – bu 2026 yil yanvar oyida AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro tuzilma bo‘lib, G‘azo sektorida boshqaruvni o‘z zimmasiga olish va global mojarolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan. Tashkilot, amalda, AQSH nazorati ostida, ishtirok etishga taklif qilingan davlat rahbarlaridan iborat va doimiy a’zolik uchun 1 milliard dollar miqdorida mablag‘ talab qiladi. “Tinchlik kengashi” Birlashgan Millatlar Tashkilotiga potensial muqobil yoki raqobatchi sifatida qaraladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasi O‘zbekiston singari G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga $1 mlrd miqdoridagi badalsiz a’zo bo‘lgan edi.

Undan oldinroq esa To‘qayev AQSH bilan aloqalarni saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyorligini aytgan. https://qalampir.uz/n/129916


Maqola muallifi

Teglar

To'qaev Tramp mukofoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing