To‘qayev “Tolibon” hukumat tuzganiga munosabat bildirdi

Olam

image

“Tolibon” tomonidan yangi hukumat tuzilishi Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatildi degani emas. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev KXSHT sammitida so‘z ochdi.  

“Yangi muvaqqat hukumat tuzildi. Uning tarkibi va niyatlari dunyoda turlicha baholandi. “Tolibon”ning yangi ma’muriyatining shakllanishi, albatta, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatildi va iqtisodiy rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, degani emas. Bu yerda biz tuzoqlarni ko‘ramiz”, degan To‘qayev. 

Avvalroq, Qozog‘iston Afg‘onistonning yangi hukumati bilan konstruktiv ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligi haqida xabar bergandik. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qildi. Unga mulla Muhammad Hasan Oxun Bosh vazir etib tasdiqlandi. "Tolibon" nomidan dunyo davlatlari bilan muzokara olib boradigan mulla Abdul G‘ani Barodar esa Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilining 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.

Prezident Ashraf G‘ani boshliq AQSH etovidagi hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi. Hozirda Afg‘onistonda "Tolibon" bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashmoqda. Toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib borishdi.


Maqola muallifi

Teglar

To'qaev KXShT

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing