To‘qayev Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangan Shavkat Mirziyoyevni telefon orqali tabrikladi va saylovdagi ishonchli g‘alabasi uning strategik yo‘nalishi kuchli ekani va o‘zbek xalqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganining isboti bo‘lganini ta’kidladi.

Qozog‘iston rahbari suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyevning ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etdi.

Ikki mamlakat Prezidentlari Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning ulkan salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, shuningdek, Markaziy Osiyoda ishonch muhitini mustahkamlash uchun birgalikda faol ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlariga amaliy turtki berish uchun Qosim-Jomart To‘qayev Shavkat Mirziyoyevni davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Qosim-Jomart To'qaev Saylov-2021

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing