To‘qayev SHHT va NATOni taqqosladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart To‘qayev Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) xalqaro maydonda katta ta’sirga va NATOga qaraganda ko‘p tomonlama hamkorlik dasturiga ega ekanini aytdi. Bu haqda u bugun, 12 may kuni Xitoy markaziy televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“SHHTning o‘ziga xosligi uning juda ko‘p qirrali dasturidadir. NATOdan farqli o‘laroq biz nafaqat xavfsizlik va harbiy sohadagi muammolarni muhokama qilamiz hamda choralar ko‘ramiz, balki iqtisodiy hamkorligimiz, sarmoya va madaniyat sohasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha ham qarorlar qabul qilamiz”, degan Qozog‘iston rahbari SHHTni Shimoliy Atlantika alyansi bilan solishtirish mumkinmi, degan savolga javob berar ekan.

To‘qayevning ta’kidlashicha, SHHT juda istiqbolli va nufuzli tashkilot sifatidagi maqomini tasdiqlagan. Xitoy esa SHHTni boshidanoq ko‘p qo‘llab-quvvatlagan.

Prezidentning aytishicha, Qozog‘iston SHHTga raislik qilib, uning sammitiga mezbonlik qilganda, uning mamlakati tashkilot salohiyatini mustahkamlash uchun bor kuchini sarflaydi.

“Ushbu assotsiatsiya imkoniyatlarini bo‘rttirib aytmayman – bu ob’ektiv fakt. Ishonchim komilki, SHHT ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladi va bu assotsiatsiya xalqlarimizga qanday foyda keltirishi bizga, jumladan, Qozog‘istonga ham bog‘liq”, deya xulosa qilgan To‘qayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-5 may kunlari Hindiston tomoni raisligida Goa shtatining Panaji shahrida SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgandi. Unda Eron Islom Respublikasi va Belarus Respublikasining SHHTga a’zo davlatlar sifatida tashkilotga qabul qilish jarayonini muhokama qilingan, shuningdek, Quvayt, Maldiv orollari, Myanma Ittifoqi Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklariga SHHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish bo‘yicha memorandum imzolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO ShHT To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing